Rustam Emomaliga Tashkent City᾽ni ko‘rsatishdi

Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Tashkent city`da bo‘ldi va u yerda foydalanishga topshirilgan bog‘ va inshootlar bilan tanishdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Tashkent city`da bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, mehmonlar umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lgan Kongress-xoll, uning 4500 kishiga mo‘ljallangan anjumanlar zali, ikki taraflama uchrashuvlar uchun xonalari, restoran, kichik konsert zali va dam olish xonalarini ko‘zdan kechirganlar.

Rustam Emomaliga Tashkent City᾽ni ko‘rsatishdi

Shuningdek, Tashkent City`dagi “Toshkent planetariysi” va “Madam Tusso” muzeyidagi muhit va sharoitlar bilan tanishdilar.

Xabarda delegatsiya a’zolari Tashkent city`ning kechki, yog‘dular og‘ushidagi go‘zal manzarasi va musiqali favvoraning yoqimli ko‘rinishidan ham bahramand bo‘lgani aytilgan.

Rustam Emomaliga Tashkent City᾽ni ko‘rsatishdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga kelgani va Toshkent shahar hokimi hamda prezident Shavkat Mirziyoyev  bilan uchrashgani xabar qilingan edi.