TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘ir sodir bo‘ldi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 4-dekabr kuni soat 14:00larda ro‘y bergan. Yong‘inga qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Departament holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.