TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Endi Mastercard karta egalari butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlar uchun haqni HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar orqali to‘lashlari mumkin. Bu haqda Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) xabar qildi.
“Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga ko‘maklashadigan xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam. Shuni qayd qilishni istardikki, bulutli yangilanish tufayli funksionalni ishga tushirish uchun bankka borib o‘tirishning hojati yo‘q: HUMO terminallari Mastercard to‘lovlarini qabul qilish uchun tayyor”, – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.
Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 170 mingdan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz to‘lashlari mumkin.
Mastercard᾽ning Gruziya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu yangilik O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga ko‘mak beradi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiq va harakatchan qiluvchi naqdsiz to‘lovlarning yanada jadalroq rivojlanishiga zamin yaratadi deb hisoblaydi.