Marg‘ilon shahri hokimining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyidan osilgan holda topilgan. Ayni vaqtda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyidan osilgan holda topilgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ortiqxo‘jayev so‘zlarida real tahdid yo‘q – Bosh prokuratura xulosasi

“Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismidan 30.11.2019 yil soat 11-00 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, 15.11.1984 yilda tug‘ilgan Tuxtamatov Elorbek Dilijonovichning yashash xonadoni yerto‘lasida kabeldan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osib  vafot etgan”, - deyilgan ma’lumotnomada.

Ayni vaqtda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tuxtamatov 2018-yil 20-avgustda Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019-yil 2-aprel kuni o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgandi.