Abdusalomov MSK tanqidlar uchun ochiqligini e’tirof etdi

Ularni hammasini o‘rganmoqdamiz, xaqiqatda o‘rinli tanqid bo‘lsa to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz", - dedi Abdusalomov.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. MDH parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘ Abdusalomov tanqidiy materiallar va tanqid borasida fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston MSK va barcha partiyalar ochiq muloqotga tayyor - Goloulina

"Tanqid bor. Biz uni qabul qilamiz, chunki bu ijobiy hol. Tanqid jamiyat erkinligini anglatadi - demak, bu ishga erkin yondoshiladi, jamiyat erkin fikrlaydi. Fikrlar rang-barangligi – bu qiziq. Balki, haqiqatda mutaxassislar tor yo‘ldan ketayotgan bo‘lishi mumkin, shu bois tanqidiy holatlarga kengroq qarashimiz kerak. 2018-yil 20-sentabridan to bugungi kungacha taxminan 32 ming atrofida materiallar chop etilgan bo‘lsa, shundan 2,5 mingtasi tanqidiy mazmundagi maqolalar va munosabatlardir. Ularning hammasini o‘rganmoqdamiz, xaqiqatda o‘rinli tanqid bo‘lsa, to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz", - dedi Abdusalomov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman mahalliy kengash xalq deputatlari saylovlari o‘tkaziladi. Hozirda YeHXT va BMT xalqaro kuzatuvchilar o‘z ish faoliyatini boshlagan.