Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

O‘zbekistonga Turkmanistondan 500 kVli havo tarmog‘i orqali elektr energiya importiga start berildi. Elektr energiyasi tarmog‘idagi cheklovlar keskin kamayishi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi importiga start berildi, deya yozadi O‘zA.

Turkmaniston O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

Ta’kidlanishicha, bu O‘zbekiston energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Turkmanistonning “Turkmanenergo” davlat elektr energetika koorporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan erishilgan kelishuvga binoan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi xabar qilingan edi.