Surxondaryodagi o‘quvlarda shartli terrorchilar zararsizlantirildi

Bo‘linmalar sun’iy to‘siqlar muvaffaqiyatli zabt etishdi, dastavval yuzaga kelgan vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish maqsadida, “terrorchilar” bilan muzokaralar olib borishdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Uchqizil temir yo‘l stansiyasida terrorchilar tomonidan temir yo‘l transportida garovga olinganlarni ozod etish va terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quvlari o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.

Tadbir Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Bo‘linmalar sun’iy to‘siqlar muvaffaqiyatli zabt etishd, dastavval yuzaga kelgan vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish maqsadida, “terrorchilar” bilan muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar ijobiy natija bermagach, uyg‘unlikdagi harakatlar natijasida ishg‘ol qilish orqali garovdagilarni ozod etish va shartli terrorchilarni zararsizlantirishga erishildi.

Mazkur o‘quvdan maqsad huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlarining hamkorlikdagi bajariladigan vazifalarini muvofiqlashtirish, bo‘linmalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qilish xususiyatlarini mustahkamlashdan iborat bo‘lgan.