Tanzila Narbayeva Senat yig‘ilishida jurnalistlar haqida alohida to‘xtaldi

Bugungi kunda o‘z faoliyatini ochiqlik asosida olib borayotgan OAV vakillari tanqidlarini to‘g‘ri qabul qilish kerak, dedi Senat raisi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Bugun butun dunyo O‘zbekistonni qayta kashf qilayotgan vaqtda, birgina qo‘pol harakatimiz bilan barcha bunyodkorlik ishlarini yo‘qqa chiqarishga haqqimiz yo‘q. Etika va muomala madaniyatiga qat’iy amal qilishimiz kerak, dedi O‘zbekiston Senati 24-yalpi majlisi ochilishida so‘zlagan nutqida Senat raisi Tanzila Narbayeva.

Ortiqxo‘jayev so‘zlarida real tahdid yo‘q – Bosh prokuratura xulosasi

Narbayevaning ushbu chaqirig‘i o‘zining xulqi bilan internet tarmoqlarida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan amaldorlarga qaratilgan edi.

"Mamlakatni yanada rivojlantirish bizdan yangicha yondashuvlarni, birinchi navbatda hokimiyat faoliyatining shaffofligini, oshkoraligini talab qilmoqda. Rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatimizning barcha sohalaridagi ochiqlik, bugungi kun talabi. Boshqa yo‘limiz yo‘q va biz bunga ko‘nikib, ishlarimizni ishlarimizni tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz darkor", - dedi Narbayeva.

Senat raisi hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham amaldorlarning birgina qo‘pol harakati yoki nojo‘ya gapi tufayli "yo‘q"qa chiqishi mumkinligini eslatib o‘tdi. "Shu bois, bugungi kunda o‘z faoliyatini ochiqlik asosida olib borayotgan OAV vakillari tanqidlarini to‘g‘ri qabul qilish kerak", dedi Senat raisi.

Narbayeva shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarga aynan jurnalistlar hukumat e’tiborini qaratmoqda, ular nafaqat muammolarni qayd etmoqda, balki ularning yechimi borasida yangi, nostandart yechimlarni taklif qilmoqda.

Shu bois, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, xalq bilan, jurnalistlar bilan muloqotni odat qilishlari kerak, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat’iy amal qilmog‘imiz shart, deya o‘z fikrini yakunladi Senat raisi.