O‘zbekiston hududlari investorlarga 101 taklif bilan chiqdi

Viloyalar o‘z hududidagi sharoitlarni hisobga olgan holda xorijiy investorlar uchun takliflar ishlab chiqish tizimi joriy etildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya - Sputnik. O‘zbekistonda investorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi - viloyatlar o‘z hududlarida amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar haqida xabar qilishi mumkin bo‘lgan sayt ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalarni jalb qilish agentligi. 

Aholiga arzon mahsulot kerakmi yo investor...

Agentlik tomonidan tashkil qilingan maxsus internet portalida  O‘zbekistonning barcha viloyatlarida amalga oshirish mumkin bo‘lgan biznes-loyihalar bo‘lajak investorlar e’tiboriga havolda etiladi. Investorlar ularni ko‘rib chiqib, qiziqish uyg‘onganda Agentlik qo‘shimcha ma’lumot va kerakli hujjatlar tayyorlashda yordam berishi mumkin. 

Bugungi kunda ushbu sahifada O‘zbekistonning yettita viloyatidan 101 dona investitsion takliflar joylashtirilgan. Takliflar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan kelib tushgan va yangi loyihalarda har bir viloyatning o‘ziga xosligi hisobga olingan. 

Investorda ushbu loyihalardan biriga qiziqish uyg‘onganda, Investitsiyalar agentligi mahalliy hamkor topishda, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda va ruxsatnomalar olishda yordam berishi mumkin, deyilgan xabarda.