O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalda mukofot uchun kurashadi

Gongongdagi “DigiCon6 Asia Awards-2019” nufuzli xalqaro kinofestivali mukofotiga “Choy” va “Sovg‘a” filmlari taqdim etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. O‘zbek filmlari ilk bor  “DigiCon6 Asia Awards-2019” nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi.  O‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar festivalga ishtirok etish uchun Gonkongga jo‘nab ketishdi. Bu haqda “O‘zbekkino” xabar qildi.

Qayd etilishicha, festival mukofotiga Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a” filmi taqdim etilgan.

“Yosh kinoijodkorlar - milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta e’tibor qaratish lozim,” - deydi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Shuningdek, bunday nufuzli festivalda kinoijodkorlar O‘zbekistonda yosh kinoijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘zlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Oskar”ga da’vogar o‘zbek filmi Moskvada namoyish etildi

“DigiCon6 ASIA Awards” – har yili kuz oyida Osiyodagi eng iqtidorli kinoijodkorlarni izlab topish va mukofotlash maqsadida o‘tkaziladi.  Ushbu “DigiCon6 ASIA” kinofestivalida  Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand, O‘zbekistan va boshqa Osiyo davlatlaridan ishtirokchilar qatnashadilar. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Kann festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu g‘alaba bilan “O‘zbekkino” yosh rejissorni tabriklab, serviz hadya etgan edi.