XAEA O‘zbekistonga AES qurishda ko‘maklashishni davom ettiradi

Vena shahrida O‘zbekistonning XAEAdagi doimiy vakili Sherzod Asadov Agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligining (XAEA) yangi bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonga atom elektr stansiyasini qurish jarayonida ko‘maklashishn davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

Vena shahrida O‘zbekistonning XAEAdagi doimiy vakili Sherzod Asadov Agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi va unga Shavkat Mirziyoyevning bosh direktor etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yangi sanoat - yadro energetikasini rivojlantirish, ushbu sohadagi ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlash, tibbiyotga va iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.

“Agentlik rahbari O‘zbekistonga texnik va ekspert yordamini ko‘rsatish, shu jumladan atom elektr stansiyasini qurish jarayonida ko‘maklashishga XAEAning bundan keyin ham tayyorligi tasdiqladi”, - deyiladi xabarda.

Mamlakatda atom elektr stansiyasini qurilishi ta’lim, yadro-muhandislik fanlari, qurilish va energetika sanoati tizimini takomillashtirishni ta’minlashi mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekistonda AES qurilishida Koreya Respublikasi tajribasi qo‘llanilishi mumkin

Suhbat chog‘ida yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha XAEAning barcha talab va tavsiyalariga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga O‘zbekiston sodiqligi ta’kidlandi.