Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov bugun Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib Turkmaniston va O‘zbekiston hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi, deb xabar qilmoqda UzA. 

"Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevning taklifiga amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan", - deyilgan xabarda. 

Turkmaniston delegatsiyasi rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng xorijiy delegatsiyalar qarorgohiga yo‘l oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarning uchrashuvi rejalashtirilgan. Uchrashuvda davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi