Toshkent metrosidagi elektr ta’minoti muammosi sabablari ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “G‘afur G‘ulom” va “Alisher Navoiy” bekatlarida yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar to‘xtab qolganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent metrosidagi elektr ta’minoti muammosi sabablarini ma’lum qildi.

Metro bekatlari ishga tushirilishi bilan kuniga 5 tonnadan ziyod yoqilg‘i iqtisod qilinadi

Ta’kidlanishicha, bugun soat 10:42da Shayxontohur tumanidagi 35 kV “Shayxontohur” podstansiyadagi yuqori kuchlanishli “Shayxontohur 1” yo‘nalishli kabel tarmog‘i shikastlangan. Buning natijasida qisqa muddatli uzilish bo‘lgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zaxiradagi kabel tarmog‘iga ulangan. Soat 10:43 da elektr energiyasi to‘la quvvat bilan uzatila boshlangan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlard elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo tufayli ayrim bekatlarda yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar to‘xtab qolganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqalgan edi.