TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 20 noyarb kuni 29 yoshli Jo‘rabek M. ikki nafar muqaddam sudlangan sheriklari Doniyor S. va Muhammad K.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. So‘ngra jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, shahardagi 42-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchisi Izzatilo M. bilan hech bir sababsiz janjallashishgan. Jinoyatchilar janjal vaqtida qo‘l va oyoqlari bilan o‘qituvchining bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazishgan.
Natijada Izzatilo M. shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 23-noyabr kuni o‘qituvchi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.
23 noyabr kuni ismlari yuqorida keltirilgan fuqarolar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Samarkand viloyati prokuraturasi mazkur ishni o‘z nazoratiga olgan.