Putin yoshligida kim bo‘lishni orzu qilganini aytdi

Putin kelajakda kasb tanlash borasi mavzusida ota-onasi va murabbiyi bilan jiddiy munozaralar bo‘lganini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoshligida dengizchi yoki uchuvchi bo‘lishni orzu qilganini aytdi.

“Boshqa yoshlar singari avvaliga turli istaklarim bor edi – dengizchi yoki uchuvchi bo‘lish”, - dedi davlat rahbari “Proyektoriya” butunrossiya forum ishtirokchilariga.

Yosh Putinga berilgan tavsifnoma oshkor qilindi

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bularning barchasini diqqat bilan kuzatgan va o‘zini ushbu kasblarda tasavvur qilib ko‘rgan. U tegishli oliy o‘quv dargohlariga kelib, chetdan odamlar nima qilayotgani, qanday suhbatlashayotganlarini kuzatgan.

Shuningdek, Putin kelajakda kasb tanlash borasi mavzusida ota-onasi va murabbiy bilan jiddiy munozaralar bo‘lganini aytdi.

Rossiya yetakchisi o‘ziga yoqqan kasbni tanlagan yoshlar natijaga erishish uchun ko‘p ishlashiga to‘g‘ri kelishiga tayyor turishlari lozimligini ta’kidlagan.