Ortiqxo‘jayev so‘zlarida real tahdid yo‘q – Bosh prokuratura xulosasi

Bosh prokuratura Ortiqxo‘jayev so‘zlarida jinoyat emas mansabdor shaxsning odob-axloqi buzilish alomatlarini aniqladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Kun.uz jurnalistlari orasida bo‘lib o‘tgan voqealarni tekshirgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "Artikxodjayev so‘zlarida real tahdid yo‘q” deb topib, jinoiy ish qo‘zg‘atishdan voz kechdi.

"Biroq uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois, J.Artikxodjayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas. Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi", - deyilgan Bosh prokuratura rasmiy xabarida. 

Undan tashqari, Bosh prokuratura Artikxodjayev so‘zlarida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatganini aniqlagan va ushbu holat yuzasidan Hukumatga murojaat yo‘llagan.