Oliy Majlis Senati 24-yalpi majlisni chaqiradi

Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga arzon uy-joy qurilishi, gaz, elektr ta’minoti bilan bog‘liq parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ham muhokama qiladilar
Sputnik

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 30-noyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Senatning 21-yalpi majlisi qanday o‘tdi - fotoreportaj

Yalpi majlisda dastavval ilk bor  qabul qilingan "2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun muhokama qilinadi. Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi, "Volontorlik faoliyati to‘g‘risida"gi, "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida"gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitiladi.

Bundan tashqari, senat a’zolari tomonidan "1993 yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga doir Bayonnomani (Moskva, 1997-yil 28-mart) ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun ham muhokama qilinadi.  

Shuningdek, Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, arzon uy-joy qurilishi, gaz, elektr ta’minoti bilan bog‘liq parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ham muhokama qiladilar.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi, deyilgan xabarda.