Dog‘istonlik yigit Amerikani zabt etadi deb hech kim o‘ylamagandi – Habib Nurmagomedov

UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik yoshlariga o‘zlariga ishonish va g‘alabalarga intilishni tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat oilasining g‘ayrati va yordami muvaffaqiyatga olib keldi.
Sputnik

Toshkentda ilk bor GFC musobaqasi o‘tkazildi. UFC chempioni Habib Nurmagomedov sport musobaqasining tashkilotchilardan biri va faxriy mehmoni bo‘ldi.

GFC-20 janglari – eng qiziqarli foto-suratlar

Janglardan so‘ng, Nurmagomedov o‘zbekistonliklarga samimiy mehmondo‘stligi, tashkilotchilarga – musobaqa tashkilashtirish uchun yordami, ishtirokchilarga esa – g‘alaba qozonish istagi uchun minnnatdorchilik bildirdi.

“Men rostini aytsam, bir oz shok holatidaman. 2012-yildan beri ishtirok etaman, MMA boshqa turnirlar bilan solishtirishim mumkin. Bugun sportchilar tomonidan namoyish qilingan mahorat  UFC’da ko‘rganlarimdan past emas. Tashkilotchilarga, birinchi navbatda mamlakat rahbariyati ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun, alohida aralash san’at jang assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarovga minnatdorchilik bildiraman. Har bir mamlakatning o‘z chempionlari va qahramonlari bo‘lishi kerak va buning uchun shunga o‘xshash musobaqalar tashkil etiladi”, - deb ta’kidladi Habib Nurmagomedov.

U O‘zbekiston yoshlariga g‘alabalar tilab, kelajakdagi barcha jangchilarni astoydil mashq qilishga va o‘z kuchlariga ishonishga chaqirdi. U faqat oilasi va do‘stlari, doimiy mashg‘ulotlar unga dunyoni zabt etishga va chempion bo‘lishga yordam berganini misol tariqasida keltirdi.

Toshkentdagi birinchi GFC oqshomida 12 ta jang o‘tkazildi. O‘zbekiston sharfini 7 nafar jangchi himoya qildi, ulardan besh nafari g‘alaba qozondi. Habib Nurmagomedov amakisining o‘g‘li – Umar ham chempionlik kamarini himoya qildi. U birinchi raundda argentinalik raqibini mag‘lub etdi. Endi yosh jangchi o‘z faoliyatini UFC’da davom ettiradi.

Dog‘istonlik yigit Amerikani zabt etadi deb hech kim o‘ylamagandi – Habib Nurmagomedov