Yil boshidan buyon 14 ming o‘zbekistonliklar Rossiya fuqaroligini olgan

Bu yil Rossiya fuqaroligini olganlar soni 1,5 baravar oshdi, ulardan 14 ming nafari (5%) o‘zbekistonliklar.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Bu yilda Rossiya xorijiy fuqarolarga 1,5 baravar ko‘proq fuqarolik pasportlari berdi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida 285 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 48 %ga ko‘p, - deyilgan xabarda.

Ushbu o‘sish asosan Ukrainaning LNR va DNR hududlaridan kelgan fuqarolarga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish bilan  bog‘liq.  Xususan ushbu hududlardan 146 ming kishiga fuqarolik berilgan.

Dunyoning eng yaxshi fuqaroligi: O‘zbekiston ro‘yxatda nechanchi o‘rinda?

Shuningdek Qozog‘iston fuqarolari – 35 ming kishi, Tojikiston fuqarolari – 30 ming kishi, Armaniston – 17 ming kishi, O‘zbekiston – 14 ming kishi, Moldaviya -11,5 kishi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, fuqarolik olgan kishilarning aksariyati Rostov viloyatida murojaat qilgan – 71 kishi, Moskva va Moskva viloyatida – 10 + 18 ming kishi,  Krasnodar, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatlarida – 10 ming kishidan.

Shuningdek, hukumat tomonidan qabul qilingan “Rus tili sohiblariga fuqarolik berish” dasturi ham ishlamoqda. Unga ko‘rya ota-onasi yoki buvi va buvalari  Rossiya hududida tug‘ilgan, uyida doimo rus tilida gaplashadigan kishilar “rus tili sohibi” deb tan olinishi va ularga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkin.