TOShKENT, 23 noya - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshqa lavozimga tayinlangaligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rnini Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Hamdam Qarshiyev egallagan.
General-mayor Azizbek Ikramov mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Jur’at Aqubov tayinlangan.