Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yig‘iladi

Tomonlar, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar. Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Toshkentda yig‘ildilar

"2019 yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi", - deb ta’kidlangan xabarda.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan.