TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Rossiya xalq artisti, O‘zbekistonning Rossiyadagi turizm elchisi Yuriy Stoyanov O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi va kelajak ijodiy rejalari haqida Sputnikka hikoya qilib berdi.
Stoyanov aytishiga qaraganda, unda O‘zbekiston turistik brendini Rossiyada targ‘ib qilish uchun hech qanday muayan reja yo‘q - u vatandoshlariga O‘zbekiston haqida o‘z kasbi va sevimli ishi yordamida hikoya qilib berishni maqsad qilgan.
“Men o‘z sevimli kasbim, intervyular, odamlar bilan muloqot qilish orqali ushbu ajoyib mamlakat haqida hikoya qilib beraman. Men o‘z kasbim bilan qancha ko‘p shug‘ullansam, O‘zbekiston haqida hikoya qilib berish uchun shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi” – deydi Stoyanov.
Undan tashqari mening bir ajoyib, juda ta’sirli qo‘shig‘im bor. Uning nomi “o‘zbekcha qo‘shiq” deyiladi. Unda ham zamonaviy ham etnik motivlar chalishib ketgan. Uni suratga olish uchun O‘zbekistonga yana bir bor sayohat qilmasdan iloj yo‘q deb o‘ylayman, - deydi aktor.
Shuningdek, Stoyanov o‘zining so‘nggi tashrifi juda samimiy va maroqli o‘tganini, va u yerda u O‘zbekistonning boshqa turizm elchilari bilan muloqot qilganini aytib berdi.