TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston Ichki ishlar vazirliklari transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar qilmoqda.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Hindistonga tashrifi doirasida hindistonlik hamkasbi Amit Shax bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Uchrashuvda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop vositalar, terrorizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash hamda mazkur sohada tezkor axborot almashish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.