O‘zbekiston va Ozarbayjon yangi qo‘shma neft korxonasi tashkil etadi

Yangi qo‘shma korxona “O‘zbekneftgaz” AJ uchun yangi yo‘nalish bo‘ladi. Yevropaning, shuningdek, O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘laklari bo‘lmagan boshqa mamlakatlarning eksport bozorlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ va Ozarbayjonning “SOCAR” neft kompaniyasi qo‘shma korxona tashkil etishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Kompaniya vakillari “SOCAR” “SOCAR Trading” va “Chemtrade LLC” kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashishdi.

O‘zneftegaz va SOCAR geologik razvedka olib borish haqida kelishib olishdi

Muzokaralarni davom ettirish oktabr oyida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatining Bokuga tashrifi chog‘ida erishilgan edi.

Ushbu yangi qo‘shma korxona “O‘zbekneftgaz” AJ uchun yangi yo‘nalish bo‘ladi. Yevropaning, shuningdek, O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘laklari bo‘lmagan boshqa mamlakatlarning eksport bozorlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, “SOCAR” Qashqadaryo viloyatida neft qazib olish  hajmini  oshirish to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Bitim “O‘zbekneftgaz” AJ va Socar’ning bo‘linmasi – “Neftgaz” tomonidan “O‘zbekiston neft va gazi OGU-2019” 23-Xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi doirasida imzolangan.