Ekspert Litva orqali o‘zbek tovarlari Yevropaga chiqishi yuzasidan izoh berdi

Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina Litva O‘zbekistonga Yevropa bozoriga chiqishiga yordam berish istagi yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkavichus O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan biznes-uchrashuvida, Boltiqbo‘yi mamlakati O‘zbekiston bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish niyatida ekanligi va Klayped porti orqali Yevropaga o‘zbek tovarlarini transport va logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidlagandi.

O‘zbekistonda Rossiya, Xitoy va Hindiston ishtirokida ulkan bozor yaratiladi - ekspert

Ushbu muzokaralarda kimyo, oziq-ovqat, qurilish va farmatsevtika sanoati yo‘nalishlarda O‘zbekistonda Litva kapitali ishtirokida 14 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlandi.

2019 yil 9 oyda ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 362,1 million dollarni tashkil qildi.  

Kuzmina  Litva O‘zbekistonga Yevropa bozorida oldinga siljishga yordam berish niyatini izohlar ekan, Yevropaga chiqishga O‘zbekiston yetarli imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi.

“Yo‘nalishlarning aksariyati Rossiya orqali o‘tadi. Butun tizimni qayta o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblamayman. O‘zbekiston uchun bu iqtisodiy jihatdan qiyin. Ehtimol, O‘zbekiston ba’zi tovarlari Litva orqali olib kirishi mumkin, biroq bu butun savdo oqimlarini Klayped portiga yo‘naltirilishini anglatmaydi”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekiston radio efirida.

Kuzmina O‘zbekiston va Litva o‘rtasida tovar aylanmasi hajmini baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 362,1 million dollar -  bu “darodan bir tomchi”.

Ekspert Litva orqali o‘zbek tovarlari Yevropaga chiqishi yuzasidan izoh berdi