Rossiya va AQShning umumiy manfaatlari ko‘p - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun VTB Kapital “Rossiya chorlaydi!” nomli XI investitsiya forumida ishtirok etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiya va AQShda umumiy manfaatlari ko‘p, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin VTB Kapital “Rossiya chorlaydi!” nomli investitsiya forumida.

Zelenskiy Putin bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni aytdi

“Qanday qilib munosabat olib boramiz? Men hisoblaymanki, bizda Qo‘shma Shtatlar bilan umumiy manfaatlarimiz ko‘p”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Putin AQShni “buyuk mamlakat” deb aytdi va RF doim unga hurmat bilan munosabatda bo‘lganligini bildirdi.

“<...> biz ikki jahon urushida ikki marta ittifoqchi edik. Bu umumiy tariximiz, albatta bu ijobiy tarixdir. Albatta, biz texnologik sohada va umuman iqtisodiyotda hamkorlik qilishni istaymiz”, - dedi Putin.

Prezident Rossiya AQSh bilan, ular o‘zlari qanchalik tayyorligidan kelib chiqib hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar "bir kun kelib yaxshilanishiga" umid bildirdi.

VTB "Rossiya chorlaydi!" investitsiya forumi  20-22 noyabr kunlari Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tadi.