Rossiya prezidenti SSSR parchalanishi sabablarini aytdi

Moskvadagi investitsion forumda nutq so‘zlagan Vladimir Putin SSSR parchalanishi sabablarini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Moskvadagi VTB Kapital “Rossiya chorlaydi” investitsion forumda nutq so‘zlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR parchalanishi sabablarini ma’lum qildi.

Putinning ta’kidiga ko‘ra, SSSR parchalanishi Boltiqbo‘yida millatchilikning o‘sishi bilan bog‘liq emas.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga qaraganda, Sovet Ittifoqi iqtisodiy siyosatining samarasizligi tufayli parchalanib ketgan.

“Sovet Ittifoqining parchalanishi Boltiqbo‘yidagi millatchilikning o‘sishiga kam bog‘liq. Uning zamirida ijtimoiy sohani barbod bo‘lishiga olib kelgan va siyosatda muddati uzaygan oqibatlarga ega Sovet Ittifoqining samarasiz iqtisodiy siyosati yotibdi”, - deya Putin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Putin samarali islohotlar sifatida Xitoy Xalq Respublikasini keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda “markaziy boshqaruv va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatidan foydalanish”ga juda yaxshi erishilgan.

Gorbachov SSSR parchalanishida kim aybdorligini aytdi

“Sovet Ittifoqida bunday ishlar bajarilmagan. Va iqtisodiy siyosatning samarasiz natijalari siyosiy sohaga ham ta’sir ko‘rsatgan. Parchalanish natijalari odamlar o‘ylagandan va ular hattoki eng yomon tushlarida gumon qilishlari mumkin bo‘lgan narsadan yomonroq bo‘lib chiqdi”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisi.

Avvalroq SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov "Der Spiegel" jurnaliga bergan intervyusida Sovet Ittifiqi parchalanishi uchun kim javobgar ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga 1991-yil avgust oyida davlat to‘ntarishini tashkil etgan, to‘ntarishdan so‘ng SSSR prezidentining zaiflashgan pozitsiyasidan foydalanganlar javobgarlar.

Shu bilan birga u bo‘lib o‘tgan voqeadan afsuslanmasligi, lekin islohotlar yo‘lida xatolar va kamchiliklar bo‘lganini tan olishini ta’kidlagan.