Gavhar Sharipovaning vafotiga sabab bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Gavhar Sharipova haydovchi bilan janjal oqibatida, harakatlanayotgan avtomobildan tushib ketib vafot etgan - IIV.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Aktrisa Gavhar Sharipova yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot yetdi deb xabar qildi IIV Tergov departamenti.

Turkiyada YTH oqibatida mikroavtobus ag‘anab ketdi – 10 kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Gavhar Sharipova 18-noyabrga o‘tar kechasi, Samarqand – G‘uzor yo‘lining 140 kilometrida harakatlanayotgan yuk avtomobilidan tushib ketib vafot etgan. Bundan oldin Sharipova va haydovchi orasida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lgan,  aktrisa harakatlanayotgan avtomobil eshigini ochib tushib qolmoqchi bo‘lganda ham haydovchi tezlikni kamaytirmagan. Oqibatda Sharipova turli jarohatlar olib voqea joyida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasi o‘zining dastlabki tekshiruvda, marhuma Sharipovaning o‘limiga YTHga xos og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lganini aniqlagan.

Ushbu holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Gavhar Sharipova 2001-yilda Toshkent San’at institutining “Drammaturgiya va teatr” faultetini bitirib O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida ishlagan. Tomoshabinlarga aktrisa o‘zining “Alpomish” va “Aldangan ayol” filmlari hamda “Opa-singillar” serialidagi rollari bilan tanilgan.