Afg‘onistonda vertolot qulashi oqibatida AQSh askarlari halok bo‘ldi

Afg‘onistonda vertolot qulashi oqibatida ikki nafar AQSh harbiysi halok bo‘ldi. Falokat sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Afg‘onistonda vertolot qulashi oqibatida ikki nafar AQSh harbiysi halok bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Afg‘onistonda 200dan ortiq jangarilar hukumatga taslim bo‘ldi

Vertolot qulashining aniq sabablari tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Biroq dastlabki bayonotga ko‘ra, vertolot “dushban zarbasi” oqibatida qulagan.

Tolo News telekanali xabar qilishicha, “Tolibon” harakati Logar provinsiyasida AQShning Chinook vertolotini uning jangarilari tomonidan urib tushirilganligi ma’lum qilgan.

O‘z navbatida Logar viloyati Charkx uyezdi rahbari Xalilulla Kamal Ariana News’ga vertolot tog‘da falokatga uchradi deb aytdi.