TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rustam Minnixanov ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati bilan qator uchrashuvlar hamda qo‘shma avtomobil ishlab chiqarish ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.
Tashrif doirasida 25-noyabr kuni Rustam Minnixanovning Samarqanddagi tatar diasporasi bilan uchrashuvi rejalashtirilmoqda. Ertasi kuni KamAZ yuk mashinalarini yig‘ishning yangi liniyasi ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashrifning ikkinchi qismi O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Xususan, 26-noyabr kuni “Toshkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston-Tatariston” biznes forumi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Minnixanov bir nechta Toshkent korxonalariga hamda TNT tatar telekanalining muxbirlar punktiga borishni rejalashtirgan.
Tatariston prezidentining O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda bosh vaziri o‘rinbosari Elor G‘aniyev bilan uchrashishi kutilmoqda. Tashrif va forum yakunlariga ko‘ra ikki tomonlama bitimlar imzolanishini mumkin.
O‘zbekiston va Tatariston respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda faollashgan. O‘tgan yil davomida tovar ayirboshlash bir yarim baravarga – 146 mln dollargacha o‘sdi. Qo‘shma loyihalar mintaqaning “KamAZ”, “TAIF”, “KMPO”, “Pozis” yetakchi kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek “Tatneft” korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda ushbu kompaniyaning bir nechta AYoQShlari faoliyat yuritmoqda.
2019 yil iyun oyida Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochilgan va bu mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaydi.