Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olish niyati haqida gapirdi

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap ikkinchi xotin olish niyati borligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap ikkinchi xotin olish niyati borligini "Mir 24" telekanaliga bergan intervyuda ma’lum qildi.

“Moskvada ko‘rishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning bitta xotini bor, ikkinchisi esa "rejalashtirilmoqda".

“Uchinchisi, ehtimol, bo‘ladimi yo‘qmi bilmadim. Xudo erkaklarga: ikki,uch, to‘rt xotin olinglar deb murojaat qilgan. Bitta esa nogironda ham bo‘lishi mumkin. <…> Ayolni doim hurmat qilish kerak”, - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.

Rossiyada poligamiya (ko‘p xotinlilik) qonun bilan taqiqlangan.