“O‘z soyasiga” aylangan NATO ekzistensial inqirozni boshdan kechirmoqda. Bunday fikrni “Ittifoq90/Yashillar” partiyasi deputati va Germaniya parlamentining tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zosi Yurgen Trittin “Der Spiegel” jurnaliga bergan intervyusida bildirdi.
Siyosiy ekspert Vladimir Djaralla NATO oldida paydo bo‘lgan asosiy muammo bu AQShning xulq-atvoridir deb hisoblaydi, deya yozadi Sputnik Litva.
“U (AQShning xatti-harakati – tahr.) juda xudbinona bo‘lib qoldi, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘liga yo‘naltirilgan. Shunday qilib ular o‘z manfaatlari yo‘lida keskin harakat qilishmoqda, shu bois Yevropa mamlakatlari o‘ylanib qolgan: ochig‘i, bu sharoitlarda nima qilishimiz darkor”, - deya fikr bildirdi Djaralla Sputnik radiosi efirida.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar hozir NATO ichida o‘zlarining ovoziga ega bo‘lishga qattiq turib olganlar, ammo bu amerikaliklarga mutlaqo ma’qul kelmaydi.
“Ular (AQSh) 10-yillar davomida Yevporaga nima qilish kerakligini aytishga o‘rganib qolishgan... Shuning uchun ular o‘rtasida hozir kuzatilayotgan inqiroz yuzaga kelgan”, - deya xulosa qildi Djaralla.
G‘arbning eng katta xatosi nimada – Gorbachov fikri
Siyosiy ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.