TOShKENT, 19 noya – Sputnik. “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
“2020 yil 1-iyuldan boshlab adliya organi va sud hokimiyati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari, shuningdek, davlat soliq xizmati maxsus unvonlarni (martaba darajalari) berish tartibi bekor qilinadi”, - deyilgan hujjatda.
Loyihada aytilishicha, bu bandda nazarda tutilgan organ va tashkilotlarning davlat fuqarolik xizmatchilariga tegishli malaka darajalari Davlat fuqarolik xizmati malaka darajalarining boshqa organlarning maxsus unvon va martaba darajalariga nisbatiga muvofiq qo‘shimcha tartib-taomillarsiz beriladi.