Toshkent va Tehron o‘rtasida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2-martaga yetkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Eronning Zagros Airline aviakompaniyasi joriy yil dekabr oyidan boshlab Toshkentga muntazam ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amlaga oshira boshlaydi.

Toshkent va Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi

O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Eronning Zagros Airline aviakompaniyasi 11-noyabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida to‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishga ruxsat olgan.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2-martaga yetkaziladi, deya aniqlik kiritadi O‘zA

"Zagros Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshirishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil boshida O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Dilshod Axatov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashgan va Toshkent va Tehron o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qilgan edi.

Toshkent va Tehron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish, o‘zaro yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlangan edi.