Mirziyoyev Jeenbekovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, bugun, 16-noyabr kuni 61 yoshni qarshi oldi. Mirziyoyev o‘z hamkasbini samimiy muborakbod etdi
Sputnik

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Jeenbekov Qirg‘iziston Mirziyoyevning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

"Davlatimiz rahbari hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi", - deyilgan xabarda.

Tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashganlar.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun 16-noyabr kuni 61 yoshni qarshi oldi.