Rossiyada og‘ir jinoyat qilgan shaxslar taksi haydashga qo‘yilmaydi

Rossiya Transport vazirligi og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga jamoat transporti va taksida ishlashini ta’qiqlab qo‘ymoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya Transport vazirligi og‘ir jinoyat sodir etgan kishilarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni ta’qiqlab qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Shahar transporti yo‘lovchilarining sog‘ligi va hayotini saqlab qolish maqsadida, yangi qonun loyihasida og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, jinoyatni to‘liq o‘tab bo‘lmagan shaxslarga, shahar transporti va taksida ishlash man qilinadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga Rossiya Federatsiyasi JKning 105 moddasi - odam o‘ldirish, 111 moddasi – og‘ir jarohat yetkazish,  117 moddasi – Qiynoqqa solish, 131 – Nomusiga tegish, 132 – Majburiy jinsiy harakatlar, kabi banlar kiradi.

Xususiy tadbirkorlarga ham taksi haydash huquqi beriladi

Undan tashqari 135 modda – Buzuqchilik, 205 modda – Terrorchilik guruhi tashkil qilish va unda ishtirok etish va boshqa bandlar ham kiritilgan, deydi Transport vazirligi.

“Jinoiy huquqbuzarlik sohasida o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, ayni damda zo‘ravonlik bilan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni oshmoqda. Ular nafaqat shaxsiy salbiy munosabatlar tufayli, balkim bezorilik tufayli hamda jiniy talablarni qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ta’qiq shartli ravishda ayblanganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi,chunki JKning 73 moddasiga binoan jamiyat uchun xavf tug‘diruvchi jinoyatchilarga shartli jazo belgilanmaydi.