O‘zbekistonlik yulduzlar Tojikistonda konsert berdi

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimida Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova kabi san’at ustalari qo‘shiq kuylashdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, konsert dasturidan avval Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatri foyesida O‘zbekistonning madaniy merosi va xalq hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonlik yulduzlar Tojikistonda konsert berdi

So‘ng katta konsert uyushtirildi. Unda Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov, "Maqom", "Toshkent zebolari" ansambllari va boshqa iste’dod egalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. 

O‘zbekistonlik yulduzlar Tojikistonda konsert berdi

Konsert dasturidagi chiqishlar tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.