Putin SA podshohiga sovg‘a qilgan lochin uchun Qirg‘izistonga minnatdorchilik bildirildi

Rossiya yetakchisi 14-oktabrda Saudiya Arabistoni podshohiga Qirg‘izistondan keltirilgan “Alfa” laqabli lochinni sovg‘a qildi. Ertasi Abu-Dabi valiahd shahzodasi xuddi shunday sovg‘ani oldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilkin Qirg‘izistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz As-Saud va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid al-Naxayonga sovg‘a qilgan lochinlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar vazirligi xabar qilishicha, 8-noyabrda Bishkekda Kobilkin va Qirg‘iziston atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligi direktori Mirslav Amanqulov atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Kobilkin Qirg‘izistonning vakolatli xizmatlariga mas’uliyatli missiya o‘z vaqtida malakali bajarilgani, “Muras” Rossiya-Qirg‘izston lochin markazidan Saudiya Arabistoni podshohi va Abu-Dabi valiahd shahzodasiga lochinlarni sovg‘a qilish uchun ruxsatnomalar berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Lochinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqqa amalga oshirilgan rasmiy tashrifi paytida taqdim etdi.

Putin SA podshohiga sovg‘a qilgan lochin uchun Qirg‘izistonga minnatdorchilik bildirildi

Ikkila lochin Issiq-ko‘ldagi “Muras” markazida yetishtirilgan.