O‘zbekistonda yanada ko‘proq limon yetishtiriladi

Fermer va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida limon yetishtirish uchun kamida 20 gektar maydonda issiqxonalar qurish uchun loyiha tashabbuskorlari aniqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. “Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalampir eksportiga yo‘l ochildi

Unda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tarkibida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat “Limonchilikni rivojlantirish bo‘limi”ni tashkil etish taklif etilgan.

“2020 yil 1-yanvardan boshlab agroklaster va kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan yangidan barpo etilgan limonzorlarda ekilgan ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektar uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport xarajatlarini (avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya transporti) 25 foizgacha miqdorida subsidiya hisobiga qoplab berish tartibi o‘rnatilsin”, - deyilgan loyihada.

Shavkat Mirziyoyev: olingan meva nobud bo‘lib, tuproqqa qorilmoqda

Shuningdek, hujjat loyihasida 2020-yil 1-martga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb etilgan kreditlar hisobidan 2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanlarda agroklaster va kooperatsiyalarga birlashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida limon yetishtirish uchun kamida 20 gektar maydonda issiqxonalar qurish uchun loyiha tashabbuskorlarini aniqlash vazifalari bayon etilgan.