TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 29-noyabrga belgilangan va Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda seshanba kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev xabar qilgan.
"Men ilgariroq qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuviga yig‘ilishga chaqirgan edim. Bu Ostona (Nur-Sulton)da bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda o‘tkazilishini xohlar edim. Umid qilamanki, joriy yilda, 29-noyabrda ushbu uchrashuv belgilanganidek Toshkentda o‘tkaziladi", - deya iqtibos keltirgan Nazarboyev so‘zlaridan Kazinform agentligi.
Nazarboyev Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal etilmagan masalalar borligini qo‘shimcha qilgan. "To‘qnashuvlar ro‘y bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda", - deb ta’kidlagan sobiq davlat rahbari.
Markaziy Osiyo davlatlarining ilk maslahatlashuv uchrashuvi 2018-yilning mart oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan edi. Joriy yil iyul oyida O‘zbekiston TIV ikkinchi uchrashuv Toshkentda kuzda o‘tkazilishi haqida xabar bergan.