O‘zbekiston yangi saylovlarga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Bu yilgi parlament saylovlari "Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Xo‘sh, yangi saylovlarga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?
Sputnik

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Bugun, 12-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida komissiya a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot xizmati.

Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

Majlisda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan saylov uchastkalarining aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi, SJBAT (saylov jarayonini boshqarish bo‘yicha axborot tizimi) va SAER (saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati)ni shakllantirish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axboroti tinglandi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarniing saylovoldi tashviqoti, Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan deputatlikka nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqish natijalari muhokama qilindi.

Undan tashqari Xalqaro matbuot markazi Buxoro viloyati bo‘limi vakillari saylov jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatini saylovini o‘tkazish bo‘yicha 12 ta saylov okruglari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati saylovini o‘tkazish bo‘yicha 60 ta, tumanlar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha 327 ta saylov okruglari tuzilgan.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik  vakolatxonalari va konsullik idoralarida tuzilgan 53 ta saylov uchastkalari Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati saylovini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan 12 ta saylov okruglariga biriktirilgan.

O‘rganishlar davomida ushbu okrug saylov komissiyalari binolarida hanuzgacha internet aloqasi ishlamasligi, saylov uchun ajratilgan 46 ta binoda tamirlash ishlari olib borilayotganligi, ular uchun alohida bino ajratish zarurligi va boshqa muammolar aniqlangan.

Bu yilgi saylovlar qanday o‘tadi?

Eslatib o‘tamiz, bu yilga saylovlarda O‘zbekistonda ilk bor saylovchila yagona ro‘yxati shakllantirib uning asosida ovoz berish jarayoni yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu chora bir kishi tomonidan takroriy ovoz berish hamda doimiy yashab turgan joydan boshqa joyda ham ovoz berish imkonini beradi.

Saylov kuni ovoz berish uchun kelgan yurtdoshlarimiz SJBAT operatorlariga murojaat qiladi va saylov bulletenini olib, ovoz berish kabinasida o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada bir vaqtning o‘zida, saylovda ishtirok etganlarning to‘liq ro‘yxati avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu bir shaxsning bir necha marotaba ovoz berishi yoki bir kishining butun oila a’zolari uchun ovoz berishining oldi olinadi, - deyilgan xabarda.

Komissiya partiya a’zolariga saylovoldi tashviqot qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Xususan, tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi. Noto‘g‘ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.