TOShKENT, 12 noya – Sputnik. WhatsApp messenjeri ayrim guruhlarda a’zo bo‘lgan telefon raqamlarni umrbod blokirovka qilishni boshladi, deb yozmoqda Wabetainfo.
Nashr yozishicha, “zararli” alomatlari bo‘lgan guruhlar haqida shikoyatlar kelmoqda.
“Qora ro‘yxat”ga tushishni bekor qilish hech narsaga olib kelmayapti - WhatsApp blokirovka qilingan foylanuvchilar xizmat qoidalarini buzgan deb javob bermoqda.
So‘nggi paytlarda WhatsApp tajovuzkorlik, ekstremizm, spam va soxta yangiliklarga qarshi faol kurash olib bormoqda.
Ilgari, moderatsiyaning etarli emasligi sababli baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan. Masalan, Hindistonda bu yil bir nechta fuqarolar bolalarni o‘g‘irlash haqidagi tezkor xabarlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mish-mishlar sababli samosud qurboni bo‘lishdi.
Hozirda WhatsApp noo‘rin nomlari bilan atalgan guruhlarni qanday topayotgani noma’lumligicha qolmoqda. Qora ro‘yxatga tushmaslik uchun guruh chatlar nomini o‘zgartirish huquqi berilgan foydalanuvchilar doirasini cheklash tavsiya etiladi.