Kreml Nazarboyevning Putin va Zelenskiy uchrashuvi to‘g‘risidagi taklifiga javob qaytardi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda Nazarboyevning taklifi qanday qabul qilingani ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Kreml Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Moskva va Kiyev munosatlarini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskov ta’kidiga ko‘ra, Rossiya yetakchisi Zelenskiy bilan uchrashishdan hech qachon bosh tortmagan, biroq hozir hammaning diqqati “normand shaklidagi” uchrashuvga qaratilgan.

Nazarboyev Putin va Zelenskiyga Qozog‘istonda uchrashishni taklif qildi

“(Putin. – Tahr. izohi) uchrashish uchungina uchrashuv o‘tkazish kam foyda keltiradi deb hisoblaydi. Uchrashuv yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak. Shu bois hozirda barchamiz diqqatimizni “normand shaklidagi” jarayonlar tayyorgarliklariga qaratganmiz. Buning uchun, albatta, tomonlar Minskda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan bo‘lishlari shart ”, - deya Peskov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Prezident kotibi davlat rahbari hamisha Kiyev va Moskva munosabatlarining yaxshilanishi va normal holatga qaytishi tarafdori bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Putin va Zelenskiyga Qozog‘istonda uchrashishni taklif qilgan edi. Buning uchun Qozog‘iston maydon taqdim etishi mumkin.