TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Hindistonning Assam shtatida besh kishini o‘ldirgan fil ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.
Oktabr oyida fil qishloqda besh kishini o‘ldirdi. Bir oy davomida qishloq aholisi uydan chiqishga qo‘rqishgan.
Filni ushlash operatsiyasi dushanba kuni amalga oshirildi. Endi ushlangan fil tabiat qo‘riqxonasiga topshiriladi.
NDTV kanalining xabar berishicha, 2006-yilda "Al-Qoida" terrorchilik faoliyati kuchayishi munosabati bilan bin Lodin laqabini darg‘azab fillarga berish amaliyoti boshlandi.
Xususan, xuddi shu laqabli bitta fil o‘nlab odamlar umriga zomin bo‘lgandi, bu fil otib o‘ldirildi.
Statistikaga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. 2011-yildan beri fillar o‘limi soni 700 ga yetdi.