“Pole chudes” boshlovchisi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi –OAV

“Pole chudes” ko‘rsatuvining boshlovchisi Leonid Yakubovich Moskvadagi klinikalardan birida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Aktor va "Pole chudes"  (“Mo‘’jizalar maydonchasi”) ko‘rsatuvining boshlovchisi Leonid Yakubovich jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda REN TV xabar qildi.

Telekanal xabariga ko‘ra, taniqli boshlovchiga kardiostimulyator o‘rnatilgan.

"Pole chudes" boshlovchisi ta’tildan nogironlar aravachasida qaytdi

Ma’lum bo‘lishicha, 74 yoshli boshlovchi sog‘lig‘idan shikoyat qilib, Moskvadagi klinikalardan biriga murojaat qilgan. Jarrohlikdan so‘ng bir kun o‘tib unga javob berilgani aytilmoqda.