O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi

Bugun, 9-noyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 9-noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa JCh—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-noyabrdan boshlab yig‘inga kirishgan.

Mazkur yig‘in doirasida jamoa Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).

Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).