Jazo muqarrar: Rossiya xorijlik haydovchilar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Vladimir Putin 2020-yil 1-fevralga qadar chet el fuqarolari va chet el tashuvchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha chora ko‘rishni topshirgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Mariya Naumenko. Rossiyada yo‘l harakati qoidalarini (YHQ) buzgan chet ellik haydovchilarga jazo muqarrarligini ta’minlovchi tizim tayyorlanmoqda. “Kommersant’” gazetasi ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyadan chiqib ketayotgan avtomobillarni jarimasi bor-yo‘qligini tekshirishni boshlashlari mumkin. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar chegarasida davlat raqamini qayd etish kameralar o‘rnatiladi. Hozirda Moskvada chet ellik haydovchilar tomonidan qayd etilgan barcha huquqbuzarliklardan faqat 1% iga jarima solinmoqda. Vaziyatni tuzatish bo‘yicha qabul qilinajak choralar “yo‘l xaritasi” allaqachon ishlab chiqilgan va Rossiya hukumati ko‘rib chiqmoqda.

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamaganlar Rossiyaga kiritilmaydi

Rossiya Ichki ishlar vazirligining “yo‘l xaritasi”loyihasida Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Federal bojxona xizmati, Moskva hukumati va boshqa idoralar takliflari inobatga olingan. 2020-yil 1-fevralga kelib YeOIIga a’zo mamlakatlarining chegaraoldi o‘tkazish punktlari Rossiyaga kirib kelayotgan avtomobillar raqamlarini qayd etuvchi kameralar bilan jihozlanadi, deya yozadi “Kommersant’”. Ushbu ma’lumotlar Federal bojxona xizmatining axborot tizimiga, u yerdan esa Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasiga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, Rossiyadan chiqib ketayotgan xorijiy raqamga ega barcha mashinalarni to‘lanmagan jarimasi bor yoki yo‘qligini tekshirish taklif qilinmoqda. Agar qoidabuzarlik qilib, jarimasini to‘lamagan bo‘lsa, mashinani chegarada ushlab qolish va maxsus maydonchaga joylashtirishlari mumkin.

Hujjatni Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Makim Akimov imzolashi kerak. Vitse-premyer vakili Sputnik nashriga loyiha Rossiya hukumati apparatida ekani, hozirda “o‘rganilib tahlil qilinayotganini” tasdiqladi.

Kelasi yil 1-fevralga kelib Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, IIV, Transport vazirligi YeOIIga a’zo mamlakatlar bilan vaqtinchalik olib kirilgan transport vositlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashish borasida kelishib olishlari lozim.

Yo‘l harakatini tashkil qilish markazi (YHTM) Sputnik nashriga  ularning taklifi bilan “yo‘l xaritasiga” chet elliklar tomonidan sodir etiladigan yana bir qoidabuzarlik kiritilganini ma’lum qildi. Gap pullik shahar avtoturargohi uchun pul to‘lamaslik haqida bormoqda. YHTM  ta’kidiga ko‘ra, bu xorijiy raqamli mashinaga ega haydovchilar orasida ko‘p uchraydigan qoidabuzarlikdan sanaladi.

“Qo‘shimcha ravishda Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida haydovchilarning ma’lumotlarini almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalarini ishlab chiqish taklif etildi”. Hozirda poytaxtda chet ellik haydovchilar tomonidan qayd etilgan barcha huquqbuzarliklardan faqat 1% iga jarima solinmoqda. Biz buni nomaqbul deb hisoblaymiz”, - deya ta’kidladi Moskva hukumati YHTQ matbuot xizmati.

Rossiya Davlat dumasi deputati chet ellik haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida

Shuningdek, Moskvada yil boshidan buyon xorijiy raqamga ega 2078 dona mashina ushlangani va maxsus maydonchalarga jo‘natilganini qo‘shimcha qilishdi. Haydovchilar to‘xtash va turish taqiqlangan yo‘l belgisi ostida qoldirib, xavfli vaziyatlarga sababchi bo‘lishgan. Qolaversa, yo‘ldagi harakatga qiyinchilik tug‘dirishgan.

OAV Moskva hukumati ma’lumotlariga tayangan holda Rossiya poytaxtida xorijliklar o‘rtasida qoidabuzarliklar soni bo‘yicha yetakchi sifatida Armaniston, Moldova, Ukraina va Belarus haydovchilari qayd etilganini xabar qilishgan edi.

Xorijiy raqamga ega avtomobil haydovchilari tomonidan YHQ buzganlik uchun jarimaning to‘lanmasligi yozda Rossiya davlat kengashi majlisida muhokama qilingan edi. Uning yakuniga ko‘ra Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020-yil 1-fevralga qadar “chet el fuqarolari va chet el tashuvchilari jazosining muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha chora ko‘rishni” topshirgan edi.