TOShKENT, 9 noya - Sputnik. “Sergeli kichik sanoat zonasi”da yirik yong‘in yuz berdi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 08-noyabr kuni soat 17:52da Sergeli tumanidagi “Sergeli kichik sanoat zonasi” xududida joylashgan binoning 2-qavatidagi mebel va sintepon ishlab chiqarish sexlarining ichki va tom qismi 1500 kv.m. maydonida yongan.
Yong‘indan binoning 15500 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:57da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:46da qurshab olinib, soat 20:20da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.