Moskva-Farg‘ona reysida o‘zbekistonlik yo‘lovchi vafot etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Uning o‘limiga o‘pkadagi shish bilan kuzatilgan infarkt sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Moskvaning Domodedovo aeroportidan Farg‘onaga parvoz qilayotgan samolyot yo‘lovchining o‘limi sababli Samaraga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Domodedovo-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SVR2419 reysini amalga oshirgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli Samaradagi “Kurumoch” aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.  

Pekin-Toshkent reysi favqulodda qo‘ngandan so‘ng 5 kishi shifoxonasiga joylashtirildi

“Shifokorlar samolyotga yetib kelishganda, afsuski, yo‘lovchi vafot etib bo‘lgan edi”, - dedi agentlikka aeroport vakili.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Uning o‘limiga o‘pkadagi shish bilan kuzatilgan infarkt sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekin-Toshkent reysi Lanchjou shahriga favqulodda qo‘ngandan so‘ng 5 kishi shifoxonasiga joylashtirilgani xabar qilingan edi.