TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antisiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet".
Ta’kidlanishicha, 9-10 noyabr kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
"Yakshanbada Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublikamiz ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga yo‘l olgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.